"Jallod" o'yini


O'yin tarixi

Bu o'yinning asl tarixi Yevropaga, ⅩⅦ - asrlarga borib taqaladi. Bu davrda o'yin qog'ozda o'ynalgan va hozirgacha o'ynab kelinadi. Endilikda bu o'yinni o'ynash uchun sizga qog'oz kerak emas. Chunki bu o'yinning onlayn variantlari allaqachon mavjud. Muammo shundaki, ular inglizcha(edi). Siz ko'rib turgan ushbu dastur o'yinning ilk o'zbekcha talqinlaridandir.



Ssenariy

Sizning do'stingiz ashaddiy manyak tomonidan o'g'irlab ketiladi. Bu manyak Jallod nomi bilan tanilgan edi. U o'z qurbonlarini shunchaki o'ldirmaydi. Ularni yaqinlariga qutqarish imkoniyatini beradi. Ular jallod o'ylagan so'zni topishi kerak bo'ladi.

Bu safar Manyak sizni chaqirdi! Do'stingizni qutqaring!



O'yin qoidalari

- O'yinda sizga so'z tanlab beriladi va u yashiriladi.
- Siz esa uni topishingiz kerak bo'ladi.
- Xatoliklar maksimal 6 ta bo'lishi mumkin
- har bir xato do'stingizni osilishiga yaqinlashtiradi.
- agar do'stingiz osilsa, siz yutqazasiz
- SIZNING MAQSADINGIZ DO'STINGIZNI QUTQARISH!
        


Qo'shimcha

Bu o'yin hech qanday terroristik, huquqbuzarlik, qotillik, psixopatik g'oyalarni qo'llab quvvatlamaydi va foydalanuvchilarni yomon yo'lga boshlamaydi. Bu o'yin shunchaki foydalanuvchilarni so'z boyligini oshirish uchun xizmat qiladi.



O'yin yaratuvchisi

O'yin Sulaymon Abdusharipov tomonidan yaratildi. O'yin mualliflik huquqi, jumladan kodlari ham Sulaymon Abdusharipovga tegishli.


ASulaymon

© ASulaymon - 2025